Rio–2016 Olimpiada o`yinlarining boks bahslarida -49 kilogramm vazn toifasida ishtirok etayotgan o`zbekistonlik Hasanboy Do`smatov chorak final qozog`istonlik Birjan Jakipovga qarshi ringga ko`tarildi.
Katta ustunlikka ega bo`lgan Do`smatov raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va hakamlarning yakdil qarori bilan zafar quchdi hamda bronza medalini naqd qilib qo`ydi.
O`zbekiston vakili yarim finalda AQSh termasi a`zosi Migel Ernandesga qarshi jang o`tkazadi.





