Rio-de-Janeyro shahrida Olimpiada o`yinlarida foydalanilayotgan basseynlardan biri yashil tusga kirdi. Bu haqda SNN xabar bermoqda.
Bir kun avval sakrash uchun mo`ljallangan suv havzasi odatiy – och-ko`k rangda bo`lgan. Ammo musobaqalar davomida suv rangi yashilga o`zgardi.
Musobaqa tashkilotchilarining aytishicha, basseynga tushib qolgan suv o`tlari suv rangining o`zgarishiga ta`sir qilgan. Mutaxassislar suvni tekshirib, sportchilarga hech qanday xavf solmasligini ma`lum qildi.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, shamol yo`qligi va issiq havo tufayli suv rangi o`zgargan.
Qayd etish kerakki, yashil tusga kirgan basseyn oldidagi boshqa suv havzasining rangi o`zgarmay qolgan. Mazkur ish yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






