Madridning “Real” jamoasi UEFA Superkubogi uchun kechgan bahsda “Sevilya” bilan to`qnash keldi va 3:2 hisobidagi irodali g`alabani rasmiylashtirdi.
“Real” o`yinda hisobni ochgan bo`lishiga qaramay, ketma-ket ikkita gol o`tkazib yubordi. O`yinga qo`shib berilgan qo`shimcha daqiqalarda esa madridliklar yana hisobni tenglashtirdi.
Ekstra taymning so`nggi daqiqalarida “Real” futbolchilari ularga UEFA Superkubogini keltirgan golni kiritishdi.
"Real Madrid" – "Sevilya" 3:2
Gollar: Asensio, 21, Ramos, 90+3, Karvaxal, 119 – Vaskes, 41, Konoplyanka, 72 (penalti)
"Real Madrid": Kasilya, Ramos, Varan, Karvaxal, Marselo, Isko (Modrich, 66), Kovachich (Rodriges, 72), Asensio, Kazemiro, Vaskes, Morata (Benzema, 62).
"Sevilya": Riko, Mariano, Kolodzeychak, Parexa, Karrisu (Rami, 51), Iborra (Kranevitter, 74), Kiyotake, Vitolo, Nzonzi, Vaskes, Vetto (Konoplyanka, 67).
Ogohlantirishlar: Karvaxal, Asensio, Rodriges – Vitolo, Kolodzeychak
Chetlatish: Kolodzeychak, 93





