Andijon viloyatining Izboskan tumanida ichki ishlar xodimlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi.
Tadbirlar natijasida 1969 yilda tug`ilgan, mahalliy aholiga mansub fuqaroning uyidagi omborxonasida 3 kilogramm 245 grammdan ortiq miqdordagi marixuana giyohvand moddasi yashirib qo`yilgani aniqlandi va daliliy ashyo sifatida olindi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.





