Portugaliyaning markaziy qismida 6 avgust kuni sodir bo`lgan yong`in YuNESKOning Butunjahon merosi ro`yxatiga kiritilgan Serra-da-Eshtrela bog`idagi noyob o`rmonni yo`q qilgani aytilmoqda. Bu haqda Zamon sayti xabar berdi.
Mamlakat hukumatlumotlariga ko`ra, talafot taxminan 15 ming gektar maydonni vayron qilgan bo`lib, bu Portugaliyada joriy yilning yozida sodir bo`lgan eng yirik yong`in deb topildi.
Portugaliyadagi keng ko`lamli o`rmon yong`inlari yonayotgan joydan 300 km uzoqlikda joylashgan Ispaniya poytaxti – Madridga ham yong`in hidi etib keldi.
Yil boshidan buyon 81 ming gektarga yaqin maydon yonib ketgan, bu 2017 yilda yuz bergan va 100 ga yaqin odam halok bo`lgan halokatli yong`inlardan keyingi eng kattasi hisoblanadi. Bu tabiat va o`rmonlarni muhofaza qilish institutining so`nggi ma`lumotlarida aks etgan.






