AOKAda o`tkazilgan brifingda IT Park matbuot kotibi Jamila Xalibaeva IT-eksportining 2022 yil 1-yarim yilligi sarhisobi bo`yicha ma`lumot berdi.
IT-Park O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan 2019 yilda tashkil etilgan.
Joriy yilning 24 iyul kuni IT Park 3 yoshga to`lib, ushbu davr mobaynida kichik tashkilotdan Markaziy Osiyodagi eng yirik IT xabardan biriga aylandi.
Bugungi kunda IT Park startap ekotizimini rivojlantirish, mahalliy IT-kompaniyalar sonini oshirish, yoshlarni axborot texnologiyalari sohasiga keng jalb qilish va IT-ta`lim infratuzilmasini yanada yaxshilash yo`nalishlarida samarali faoliyat yuritib kelmoqda.
E`tiborimizni raqamlarga qaratadigan bo`lsak, 2022 yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga ko`ra, IT Park rezidentlari soni 747 ta kompaniyani tashkil etib, ushbu ko`rsatgich o`tgan yilning mos davriga nisbatan 155 foizga o`sdi.
Quvonarlisi, hududlarda ham axborot texnologiyalari sohasidagi tashkilotlar soni ortib bormoqda. Misol uchun, aytib o`tilgan 747 ta kompaniyadan 157 tasi viloyatlarda ro`yxatdan o`tgan.
Shu bilan birga, eksporting 88 foizi AQSh, qolgani esa Buyuk Britaniya, Germaniya, Mustaqil Davlatlar Hamjamiyati (MDH) va Birlashgan Arab Amirliklariga (BAA) to`g`ri keladi.
2022 yilning oxiriga qadar eksport hajmini 100 million dollarga etkazish rejalashtirilgan..
Bajarilgan xizmatlarning umumiy hajmi – 2,3 trillion so`mni tashkil etdi. O`tgan yilning mos davriga nisbatan mazkur ko`rsatgich 235 % oshdi.
Joriy yilning birinchi yarim yilligida IT Park rezidentlari faoliyat yo`nalishlari bo`yicha quyidagicha taqsimlandi:
Biroq, rezidentlar bir qator kelishuvlarga amal qilishi lozim. Aks holda, rezidentlik maqomi bekor qilinib, taqdim etilgan soliq va boshqa imtiyozlar undirilib olinadi.
Bundan tashqari, taqdim etilayotgan imtiyozlar natijasida IT Park rezidentlari qo`shimcha ish o`rinlarini yaratib, mamlakatimizda IT-mutaxassislar sonini ko`paytirmoqda.
Shunday qilib, joriy yilning 2-choragi yakunida rezident kompaniyalarda 12 500 nafar xodim ish bilan ta`minlandi. Bu o`tgan yilning mos davriga nisbatan qo`shimcha ish o`rinlari sonini 167 foizga oshirdi.






