Olimlar, shuningdek qaysi oyda iste`dodli odamlar dunyoga kelishini ham aniqlashdi, deb xabar berdi “Deti.mail.ru” nashri.
Markaziy aerogidrologiya instituti olimlari turli davrlarda yashab, ijod qilgan 750 nafar dahoning tarjimai holini o`rganib, haftaning qaysi kunlarida qobiliyatli daholar tug`ilishini tahlil qilishdi.
Tadqiqot natijalari daholar asosan seshanba kunning ikkinchi yarmida va chorshanba, shanba kunlarining birinchi yarmida dunyoga kelish ehtimoli yuqoriligini ko`rsatdi.
Seshanbaning ikkinchi yarmida Ayvazovskiy, Bayron, Gagarin, Mosart, Raxmaninov, Lev Tolstoy, Charli Chaplin, chorshanbaning birinchi yarmida Balzak, Kuprin, Ekaterina II, Petr I, Mayakovskiy, Nisshe va boshqalar tug`ilgani ma`lum bo`ldi.
Tadqiqotchilarning so`zlariga qaraganda fevral oyida ham qobiliyatli va aqlli farzandlar dunyoga kelar ekan. Ular bu holatni insonning aqliy salohiyatiga jiddiy ta`sir qiladigan quyoshning faolligi bilan bog`lashdi.





