AsosiyDunyo

Londondagi Madam Tyusso muzeyidan Devid Kemeronning haykali olib tashlandi

Londondagi mashhur Madam Tyusso muzeyidan mamlakatning sobiq bosh vaziri Devid Kemeronning mumdan yasalgan haykali olib tashlandi, deb xabar bermoqda “Lenta.ru”.

Sobiq bosh vazir mamlakatda o`tkazilgan referendumda Brexit tarafdorlari g`alaba qozonganidan so`ng iste`foga chiqqan edi. Devid Kemeronning muzeydagi haykali ayni paytda omborxonada saqlanmoqda. 

Ma`lumotlarga ko`ra, so`nggi paytlarda referendum natijalaridan norozi britaniyaliklar Kemeronning haykali bilan turli nojo`ya xatti-harakatlar qilib, suratga tushgan hamda ularni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan. Bunday nojo`ya qiliqlarni muzeyga tashrif buyuruvchilar Kemeronning yonida turgan Londonning sobiq meri Boris Jonsonga nisbatan ham tatbiq etgan.   

Ammo Jonsonning haykali hamon muzeyning ko`rgazmalar zalida turibdi.

    Boshqa yangiliklar