“Zamonaviy bilim va kasb-hunar egallash imkoniyatlarini kengaytirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–350-son, 12.08.2022 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.
Qarorga muvofiq 2022 yil 1 oktyabrdan nodavlat ta`lim tashkilotlarining o`quv kurslarida yoshlarning axborot texnologiyalari sohasida o`qishi uchun ta`lim krediti ajratish tizimi yo`lga qo`yiladi.
Bunda ta`lim kreditlari:
Markaziy bankning asosiy stavkasida (15%);
BHMning 65 baravarigacha 1 yillik imtiyozli davr bilan 4 yil muddatga ajratiladi;
“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalar farzandlari uchun ta`lim krediti olishda garov va kafillik talab etilmaydi.
2022 yil 1 noyabrdan IT-park rezidenti bo`lgan tashkilotlarning o`quv kurslarida tahsil olayotgan yoki ushbu o`quv kurslarini so`nggi 6 oyda muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga kompyuter xarid qilish uchun BHMning 25 baravarigacha (7,5 mln so`mgacha) iste`mol kreditlari ajratiladi.
Bunda iste`mol kreditlari bo`yicha foiz to`lovlari Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravarigacha qismi Yoshlarga oid davlat siyosatini qo`llab-quvvatlash jamg`armasi hisobidan kompensasiya qilinadi.






