Gollivud aktrisasi Demi Murning Buyuk Britaniya qirolichasi Elizaveta II ning o`g`li shahzoda Endryu bilan ishqiy aloqada ekanligi haqida OAVlar xabar tarqatdi, deb ma`lumot berdi “Lenta.ru” nashri.
Manbaning ma`lumot berishicha, 53 yoshli Demi Mur 56 yoshli Vindzor bilan bundan to`qqiz oy ilgari Londonda o`tkazilgan xayriya kechalaridan birida tanishgan.
Elizaveta II o`g`lining uch marta turmushga chiqib ajrashgan, giyohvand modda va spirtli ichimlik iste`mol qiladigan kinoyulduzga bo`lgan muhabbatidan norozi bo`lgan.

Demi Mur uch marta: rok musiqachi Freddi Murga, keyin aktyor Bryus Uillisga va Eshton Kutcherga turmushga chiqqan. Bryus Uillisdan uch nafar qizi dunyoga kelgan.
Shahzoda Endryu Elizavet II ning ikkinchi o`g`li bo`lib, hisob bo`yicha uchinchi farzandidir. U 1996 yilda turmush o`rtog`idan ajrashgan. Britaniya taxtining vorisligi bo`yicha oltinchi o`rinda turadi.





