Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan test materiallari yuzasidan DTM rasmiy munosabat bildirdi.
"Matematika fanidan test topshiriqlari aks etgan 8008705 va 8007240 raqamli test topshiriqlari kitoblari Davlat test markazining @e_dtm_bot telegram botidan olingan diagnostik test topshiriqlari bo`lib, mazkur test topshiriqlari 2022-2023 o`quv yili uchun oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga kirish test sinovlariga tegishli emas" deyiladi munosabatda.
Eslatib o`tamiz, avvalroq, test sinovlarining birinchi kunidan Farg`onada abiturient test sinoviga telefon olib kirib, savollarni tarqatib yuborgani xabar qilingan edi.






