“Islom davlati” terrorchilik guruhi YouTube ga Rossiyaga qarshi jihod boshlashga da`vat etilgan, Rossiya prezidenti Vladimir Putinga tahdid qilingan videorolikni joyladi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.
Videoning olingan sanasi noma`lum, buni “Islom davlati” jangarilar guruhiga sodiqligi haqida qasamyod qabul qilgan, Dog`iston yashirin jangarilar rahbari Abu-Yasir laqabi bilan mashhur bo`lgan Gasan Abdullaev ma`lum qilgan. Bundan bir yarim oy ilgari Dog`istonning Derbent tumanida o`tkazilgan maxsus operasiya davomida Gasan Abdullaevning halok bo`lgani haqida xabar berilgan edi.
Ayni paytda videorolikning muallifi va ijtimoiy tarmoqqa kim joylagani noma`lum. Videorolik “Islom davlati” jangarilari foydalanadigan Telegram messenjeri akkauntidagi ma`lumotlarga asoslangan.
Mazkur yilning fevral oyida Vatan himoyachilari kunini tantanali nishonlash tadbirida prezident Vladimir Putin “Islom davlati” terrorchilik guruhining Rossiya va MDH davlatlariga qilayotgan tahdidi haqida gapirib o`tgan edi. Uning so`zlariga qaraganda, Suriyadagi harbiy operasiyalarda ishtirok etayotgan Rossiya qurolli kuchlari terrorchilik guruhining har qanday zarbasiga turib bera oladi. Shuning uchun ham ular ochiqdan-ochiq Rossiyani dushman deb atayotganliklarini ta`kidlagan edi.





