“Manchester Yunayted” jamoasi navbatdagi o`rtoqlik o`yinida Turkiyaning “Galatasaroy” klubiga qarshi bahs yuritdi va 5:2 hisobida g`alaba qozondi.
O`yinning 4 daqiqasidayoq “MYu”ning yangi a`zosi Zlatan Ibragimovich ajoyib tarzda gol kiritishga muvaffaq bo`ldi. Shvesiyalik futbolchi jamoadoshi tomonidan uzatilgan to`pga qaychi uslubida zarba berib, chiroyli gol kiritdi.
Quyida 34 yoshli forvardning golini tomosha qilishingiz mumkin.





