Italiyaning “Yuventus” jamoasi xavbeki Pol Pogba yaqin kunlarda Angliyaning “Manchester Yunayted” a`zosiga aylanadi, deb xabar bermoqda Championat.com.
Manbaning ta`kidlashicha, ayni vaqtda AQShda ta`tilini o`tkazayotgan 23 yoshli futbolchi Los-Anjeles shahrida “MYu” uchun tibbiy ko`rikdan o`tadi. So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, ingliz klubi Pogbaning transferi uchun 120 mln evro to`laydi va buning 20 foiziga futbolchining agenti Mino Rayola egalik qiladi.
Fransyailik yarim himoyachining o`zi bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekiladi. Uning haftalik maoshi esa 290 ming funt qilib belgilanishi ko`zda tutilgan.
Oldinroq Pol Pogbaning sartaroshi uning “MYu”ga o`tishini “gullab” qo`ygani haqida xabar bergandik.





