Rim Papasi Fransisk Krakovdagi messa (ibodat) paytida hushini yo`qotib, yiqildi. Hodisa “Assoshieyted Press” agentligi tomonidan videoga muhrlandi.
Videoda yiqilayotgan pontifikning oldiga ruhoniylar yordamga kelayotganliklarini ko`rish mumkin.
Mazkur holatning sabablari xabar qilinmayapti, ammo Fransisk o`ziga kelgach dindorlarni oldida va`z o`qidi.
Fransisk Polshaga 26-31 iyul kunlari Krakovda o`tayotgan “Butunjahon yoshlar kuni” katolik s`ezdi doirasida tashrif buyurdi. Mahalliy hukumat mazkur tadbirga 185 mamlakatdan qariyb ikki million ishtirokchi tashrif buyurishini ma`lum qilgan.





