O`zbekistonning ikkita shahrida issiq harorat 54 va 33 yil avvalgi tarixiy rekordni ortda qoldirdi, deya xabar beradi O`zgidromet.
Sinoptiklarning ma`lumotlariga ko`ra, 25 iyul kuni Samarqandda 1962 yildan beri bo`lmagan rekord harorat qayd etildi. O`sha yili maksimal havo harorati plyus 37,9 darajani tashkil qilgan bo`lsa, yangilangan ko`rsatkich 39,4 daraja bo`ldi, deb yozadi Podrobno nashri.
Termizda kunduzgi harorat 25 iyul kuni 44,1 darajaga ko`tarildi, bu esa 1983 yilda qayd etilgan rekord 43,3 darajadan yuqori.





