Joriy yilning yanvar-iyun oylarida O`zbekistonga ko`chib kelganlar soni 72 ming kishini tashkil qildi.
Shu davrda ko`chib ketganlar soni esa 84,4 ming kishini tashkil etdi. Migrasiya saldosi minus 12,4 ming kishini tashkil etib, ushbu ko`rsatkich 2015 yilning mos davriga nisbatan 1 ming kishiga ko`paydi (2015 yilda minus 13,4 ming kishi bo`lgan).
Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi tomonidan mamlakatning demografik holati bo`yicha e`lon qilingan hisobotda ma`lum qilindi.





