O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi mamlakatning demografik holati bo`yicha raqamlarni e`lon qildi.
Statistika qo`mitasi Axborot xizmatining xabar berishicha, joriy yilning 6 oyi davomida O`zbekistonda FHDYo organlari tomonidan 92,4 mingta nikoh qayd etilgan.
Nikohdan ajralishlar soni 14,8 mingtani tashkil qilgan. Respublika bo`yicha nikoh tuzish koeffisienti 5,9 promilleni, nikohdan ajralish koeffisienti esa 0,9 promilleni tashkil etdi.





