AsosiyShou-biznes

Manzura nega erkaklarga ishonmasligini izohladi

Bugun shou-olamida o`z ovoziga, imijiga ega bo`lgan san`atkorlar ko`pchilikni tashkil etadi. Biroq xonanda Manzura doim boshqalardan o`ziga xosligi bilan ajralib turadi. Uning ovozi, qo`shiqlaridagi dard muxlislarini doim, faqat  uning olamigagina oshno etgan. 

Manzura “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida nima uchun erkaklarga ishonmasligini izohladi.

“Dugonalarimning orasida ham erkaklarning mas`uliyatsizligi tufayli ajrashib,  bolalari bilan yolg`iz qolganlari bor. Bilasizmi, bolani dunyoga keltirgan ota emas, balki onasining dugonalari, yaqinlari boqayotgani ayanchli ahvol emasmi? Mana shunday holatlarga guvoh bo`lganim  uchun ham erkaklarga ishonmayman. Ammo shu paytgacha turmushga chiqmaganimning bunga aloqasi yo`q. Hammasi taqdirdan, har kim taqdirida borini ko`radi. Lekin hayotda buning aksi bo`lgan yaxshi holatlar ham bor. Hattoki, o`zimning tengqurlarim orasida ham oilasiga sadoqatli turmush o`rtoq, ota-onasiga mehribon farzandlar judayam ko`p”.

Boshqa yangiliklar