Prezidenti Shavkat Mirziyoev “Qurbon hayitini nishonlash to`g`risida”gi qarorni imzoladi.
Unga ko`ra, 2022 yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 9 iyul – shanbaga to`g`ri kelishi munosabati bilan Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.
Eslatib o`tamiz, davlat rahbari farmoniga muvofiq, 2022 yilda qo`shimcha dam olish kunlari belgilangan.
Shunga ko`ra, Qurbon hayiti arafasida ish haftasining turidan qat`i nazar 4 kun dam olinadi.
Bunda:
● 9 iyul (shanba) – Qurbon hayiti bayrami;
● 10 iyul (yakshanba) – dam olish kuni;
● 11 iyul (dushanba) – barcha xodimlar uchun qo`shimcha dam olish kuni;
● 12 iyul (seshanba) – 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun qo`shimcha dam olish kuni, 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun 16 iyul (shanba) dan ko`chirilgan dam olish kuni.