Bir necha kun avval xonandaning salomatligida jiddiy o`zgarish borligi va u Moskvaga davolanishga ketgani hakida xabar bergan edik.
Shundan so`ng Qayumovning ijtimoiy tarmoqlardagi profillariga tinimsiz xabarlar, hol so`rash maktublari tinmayotgani, hattoki 80 yoshli onaxonlar ham qo`ng`iroq qilishayotganini xonanda suyunib gapirdi.
Muxlislarning savollariga javob berish maqsadida Darakchi.uz’ga quyidagilarni ma`lum qildi:
– Ahvolim juda yaxshi, men tuzukman! Havotirga o`rin yo`q! Meni eslab qaygurganlarga katta rahmat. Shunchaki kuchli shamollashdan keyin reabilitasiya uchun, yozgi tatilga chiqqan pallamda dam olishga kelgandim. Tez orada ona diyorimda, muxlislarimning qaynoq bag`irlarida bo`laman va xizmatlariga shayman.
Yodgorbek Yuksal tayyorladi





