2016 yil 15 iyulda Vazirlar Mahkamasining majlisi bo`lib o`tdi. Majlisda joriy yilning birinchi yarim yilligida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari muhokama qilindi, deya xabar beradi O`zA.
“Sog`lom ona va bola yili” Davlat dasturi doirasida onalik va bolalikni muhofaza qilish, sog`lom va har tomonlama kamol topgan avlodni tarbiyalash tizimini yanada mustahkamlash bo`yicha keng ko`lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ularni moliyalashtirishga barcha manbalar hisobiga 4,4 trillion so`mdan ko`p va 111 million dollar miqdorida mablag`lar yo`naltirilgani ta`kidlandi.





