«O`zbekiston havo yo`llari"ning ushlab qolingan samolyoti Istanbuldan Toshkentga parvoz qildi.
«O`zbekiston havo yo`llari» Milliy aviakompaniyasining tungi HY274 reysi samolyoti Istanbul vaqti bilan 9:04 da Istanbuldan Toshkentga parvoz qildi, deb xabar qildi “Gazeta.uz” nashri.
O`zbekiston poytaxti aeroportidan «Gazeta.uz"ga xabar qilinishicha, samolyotning 14:55 da Toshkentga etib kelishi kutilmoqda.
Reys Turkiyada harbiy to`ntarilishga urinish va Istanbuldagi Otaturk aeroportining yopilishi munosabati bilan to`qqiz soatdan ziyodroq vaqt davomida ushlab qolingan edi.





