Kuni kecha aktrisa Shahzoda Matchonova, xonanda Nilufar Usmonova, Shahzoda, Dineyra va Renata Iskandarovalar “qiz bazmi” nishonlashdi.
Yuqorida tilga olinganlarning har biri o`zining Instagramdagi sahifasiga surat joylab, uni “muhim hodisa oldidan tadbir” yohud “qiz bazmi” deya izohlagan.
Biroq qiz bazmi aynan kimniki ekanligi aytilmayapti.
Tahlil qilib ko`radigan bo`lsak, ulardan faqat Shahzoda Matchonova hamda Dineyra turmushga chiqmagan. Demak, suratdagi bo`lajak kelin shu ikkisidan biri.
Aktrisa Shahzoda Matchonovaning muxlislaridan biri uning turmush qurayotganini yozib qoldirgan. Hozircha muxlislarning bu boradagi savollari ochiq qolmoqda.





