Fransiyaning Nissa shahrida 14 iyul kuni noma`lum shaxs yuk tashuvchi mashinada mushakbozlik tomosha qilayotgan olamon odam ustiga hujum uyushtirdi. Hodisa oqibatida kamida 80 kishi halok bo`ldi.
Qurbonlar orasida juda ko`p bolalar bor. Bu haqda Fransiya prezidenti Fransua Olland o`zining xalqqa murojaatida aytib o`tdi.
“Halok bo`lganlar orasida juda ko`p bolalar bor. O`nlab odamlar og`ir ahvolda”, - deydi Prezident.
Norasmiy ma`lumotlarga ko`ra, hodisada “butun boshli oilalar” halok bo`lgan.
Fransiya Milliy bayrami munosabati bilan o`tayotgan mushakbozlikda 14 iyul kuni minglab odamlar sohil bo`yiga yig`ilgan.
Olamonga hujum uyushtirgan yuk mashinasi 2 km davomiylikda odamlarga hujum qilgan.
Shundan so`ng BFM TV telekanali ma`lumotlariga ko`ra, terrorchilar odamlarga qarata o`q uzishgan, “shuningdek odamlar polisiyachilar bilan otishma uyushtirishgan”.
Perfektura ma`lumotlarga ko`ra, yuk mashinasi haydovchisi polisiya tomonidan otib o`ldirilgan.





