Futzal bo`yicha O`zbekiston hamda Tojikiston milliy terma jamoalari o`zaro uchinchi o`rtoqlik uchrashuvini o`tkazishdi. Bu haqda O`FA matbuot xizmati xabar bermoqda.
Kecha, 14 iyul kuni "O`zbekiston" sport majmuasida bo`lib o`tgan keskin kurashlarga boy o`tgan so`nggi o`yin 5:5 hisobi bilan yakunlandi.
Eslatib o`tamiz, dastlabki o`yinda ham jamoalar 3:3 hisobida durang o`ynagan edi. Keyin jsa O`zbekiston futzal termasi 2:1 hiosbida Tojikistondan ustun kelgandi.
O`rtoqlik uchrashuvi
O`zbekiston - Tojikiston 5:5
Gollar: D.Rahmatov 12, E.Hoshimov 27, I.Hamroev 32, D.Shavkatov 34, D.Irsaliev 35 (dabl pen.) - S.Gulyakov 7, 24, F.Sardorov 16, 39 (dabl pen.) M.Mamedbabaev 21
Ogohlantirishlar: I.Hamroev 14, T.Abdurazzoqov 31, D.Rahmatov 39 - N.Aliahmadov 24, M.Tillozoda 26.





