FIFA tashkiloti iyul oyi uchun barcha terma jamoalarning yangi reytingini e`lon qildi.
Amerika Kubogi–2016 finalchisi Argentina terma jamoasi 1585 ochko bilan dunyo reytingini boshqarmoqda. Belgiya 1401 ochko bilan ikkinchi, Kolumbiya 1331 ochko bilan uchinchi o`rinni egallagan.
O`zbekiston milliy terma jamoasi 66-o`rindan 10 pog`onaga yuqoriladi va 569 ochko bilan 56-o`rindan joy oldi. Buning evaziga O`zbekiston Osiyo mamlakatlari orasida uchinchi o`ringa chiqib oldi. Osiyoda Eron 674 ochko bilan hamon etakchilik qilmoqda. Janubiy Koreya hisobida 592 ochko mavjud va ular ikkinchi o`rinda.
Yaponiya esa 564 ochko bilan O`zbekistondan keyin to`rtinchi o`rinda. Osiyoda keyingi o`rinlardan Avstraliya (555 ochko) va Saudiya Arabistoni (540 ochko) joy oldi.





