Buyuk Britaniya qirolichasi Elizaveta II Devid Kemeronning iste`fosini qabul qildi va saroyda audiensiya o`tkazib, Tereza Meyni mamlakat bosh vaziri lavozimiga tayinladi.
Tereza Mey tomonidan shakllantirilgan hukumatning yangi tarkibi ham ma`lum qilindi.
Tashqi ishlar vazirligini Londonning sobiq meri Boris Jonson boshqaradigan bo`ldi. “Brexit” ministriligi rahbari etib stal Devid Devis tayinlandi, deya xabar beradi RIA Novosti. Mudofaa vaziri lavozimi Maykl Fellonda qoldi. Ichki ishlar vaziri lavozimini Amber Radd egalladi.
Tereza Mey o`zining yangi yashash joyi Dauning stritdagi britaniya vazirlarining rasmiy qarorgohiga tashrif buyurdi.
Mey — Buyuk Britaniya tarixidagi 13-Bosh Vazir bo`lib, ulardan ayol jinsiga mansub ikkinchisi sanaladi. Ungacha ayollardan Margaret Tetcher ushbu lavozimni egallagan.





