Kecha, 12-iyul kuni Toshkentdagi “O`zbekiston” sport majmuasida futzal bo`yicha O`zbekiston hamda Tojikiston milliy terma jamoalari o`zaro dastlabki o`rtoqlik uchrashuvini o`tkazishdi.
O`zbekiston futzal assosiasiyasining xabar berishicha, gollarga boy o`tgan o`yin 3:3 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.
O`rtoqlik uchrashuvi
O`zbekiston - Tojikiston 3:3
Gollar: A.Usmonov 7, D.Rahmatov 8, D.Shavkatov 27 - F.Sardorov 6, 16, 23
Ogohlantirishlar: D.Shavkatov 25 - N.Aliahmadov 17, M.Alikulov 36
Bu ikki jamoa o`rtasidagi ikkinchi uchrashuv ertaga "O`zbekiston" sport majmuasida bo`lib o`tadi. O`yinning boshlanish vaqti 17:00.





