Xonanda va cuxandon Shuhrat Qayumov Moskvaga salomatligi yomonlashgani bois davolangani ketgani ma`lum bo`ldi.
Aslida xonandaning sog`ligi konsert kunlari yomonlashgani haqida xabar bergandik, biroq xonanda bunga e`tibor qilmay o`zining jonli ijrodagi konsert dasturini taqdim etgan edi.
Yaqinda Shuhrat Qayumov turmush o`rtog`i bilan Moskvaga jo`nab ketdi, bizga etib kelgan ma`lumotlarga ko`ra, u bir muddat davolanish kurslarida bo`ladi.
Shuhrat Qayumov 2013 yilda ham sog`ligi yomonlashgani bois Moskvadagi mashhur klinikalardan birida davolanib qaytgan.
Yodgorbek Yuksal





