Yaqinda Milliy matbuot markazida mamlakatimizda kadrlar tayyorlash Milliy dasturiga asosan tibbiyot kadrlarini tayyorlash, ularning malakasini oshirish va mutaxassislikka yo`naltirish borasidagi ishlar hamda natijalari xususida Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan matbuot anjumani o`tkazildi. Sog`liqni saqlash vaziri aholi orasida sohaga oid eng ko`p to`qnash kelinayotgan vaziyatlar, muhokamali masalalar va jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.
Xususan vazir ayni paytda tibbiyot yo`nalishidagi oliy ta`lim muassasalariga hujjat topshirayotgan abiturientlardan “Qidiruvda emas” degan qo`shimcha ma`lumotnoma ham talab qilinayotgani rostmi degan savolga javob berdi?
— Bu bo`yicha hech qanday ko`rsatma mavjud emas. Nafaqat tibbiyot yo`nalishidagi, balki barcha oliy ta`lim muassasalariga qabul jarayonlarida talab qilinadigan hujjatlar amaldagi qonunlar asosida tartibga solingan.
Bundan tashqari vazir Tibbiyot yo`nalishidagi ta`lim muassasallarida o`qishni biridan ikkinchisiga ko`chirish, uning tartiblari, tibbiyot kollejlaridagi vaziyat, ta`lim tizimimizda yo`nalishga aloqador bo`lmagan fanlarning o`qitilishi sabablari, hamshiralik kursini tugatganlar o`rta maxsus ma`lumotli hamshiradan nimasi bilan farq qilishi, Toshkent Tibbiyot akademiyasi talabalari o`z amaliyotlarini viloyatlarga borib o`tashlari borasidagi ko`plab savollarga javob berdi.
Vazir bilan intervyuning to`liq matnini “Darakchi” gazetasining payshanba kuni sotuvga chiqadigan 28-sonida o`qishingiz mumkin. O`TKAZIB YuBORMANG!





