“O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi bo`yicha hisobga olish tartibi to`g`risidagi yo`riqnomani tasdiqlash haqida” O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrug`i e`lon qilindi.
Yangi yo`riqnomaga asosan, fuqarolarni turgan joyi bo`yicha hisobga olish ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi hamda jamoat xavfsizligini ta`minlash, aholi migrasiyasini hisobga olish maqsadida fuqaroning Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududining muayyan joyida yashashi yoki vaqtinchalik bo`lishi faktini aniqlashni nazarda tutadi.
Fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida hisobga olish fuqaroni doimiy yashash joyidan propiskadan chiqarmasdan 5 kundan 6 oygacha muddatga amalga oshiriladi. Bu mazkur hududlarda turar joy sotib olish, shuningdek, doimiy ishga va ijtimoiy kafolatlarga ega bo`lish uchun asos hisoblanmaydi.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga 5 kundan ortiq bo`lmagan muddatga kelgan fuqarolar hisobga olinmaydi.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan fuqarolar kelgan kunidan boshlab 5 kun mobaynida o`zi vaqtincha turgan joyidagi tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasining xorijga chiqish, kelish va fuqarolarni rasmiylashtirish bo`limiga
- Ariza;
- Pasport;
- Kontrakt bo`yicha harbiy xizmatchining yoki O`zbekiston Qurolli Kuchlari ofiserining shaxsiy guvohnomasi;
- 16 yoshga to`lmagan shaxslar uchun - tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnoma va 3,5x4,5 o`lchamli 2 ta fotosurat;
- uy-joy mulkdorlarining turar joy maydoni berishi to`g`risidagi arizasi;
- turar joy uchun hujjatlarning nusxalari topshiriladi.
Hujjatlar to`liq taqdim etilgach, fuqaroga Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi bo`yicha hisobga olish to`g`risidagi qayd varag`i beriladi.
Qayd varag`i fuqaroning turgan joyida hisobga olinganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
Ariza beruvchining pasportiga yoki uy daftariga hisobga olish to`g`risida belgi qo`yilmaydi.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha hisobga olingan fuqaro hisobga olingan joyida yashashi kerak.
Toshkent shahri va viloyatida fuqarolarni vaqtincha hisobga olish tartibiga o`zgarishlar kiritildi