Nihol mukofoti sovrindori Firdavs Pazledinov ayni damda qizg`in ijodga kirishib, birin ketin yangi qo`shiqlar ustida ishlamoqda. Xonada Muhammad Yusuf she`ri hamda, Zokir To`ychiev musiqasi bilan ishlangan “Vatan yagonasan” nomli taronasni taqdim etdi. Shuningdek ushbu taronaga videoklip ham suratga olindi.
Bundan tashqari xonandaning yangi 12 ta qo`shiqdan iborat “Sog`inganimda” nomli albomi chiqdi.
Xonanda ijrosidagi yangi “Yog`ar yomg`irlar” qo`shig`i ham muxlislar hukmiga havola etildi. So`zlari Rustam Xudoyberganov, musiqasi Jamshid Gapparovga tegishli ushbu taronaga videoklip ishlanmoqda.
Shuningdek, xonanda muxlislariga yanada yaqin bo`lish uchun “Instagram”da o`z sahifasini ochganini ma`lum qildi.





