UzReport TV Evro-2016 chorak final bahsidan o`rin olgan Italiya - Germaniya terma jamoalari o`rtasidagi o`yinning translyasiyasi so`nggi daqiqalarda uzilib qolgani uchun uzr so`radi. Bu haqda UzReport.uz xabar beradi.
“Sizlarga shuni ma`lum qilamizki, bunday texnik nosozlik faqatgina UzDIGITAL TV platformasi traktida kuzatilgan. Sun`iy yo`ldosh va IP TV platformasi orqali UzReport telekanalini tomosha qilyotgan abonentlarda bu kabi texnik nosozliklar ro`y bermagan.
Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so`raymiz. Hozirda bu texnik nosozlikning sabablari o`rganilmoqda hamda kelgusida bunday holatlar takrorlanishining oldini olish borasida tegishli chora-tadbirlar ko`rilmoqda”, – deyiladi telekanal xabarida.





