Xitoyda avtohalokat oqibatida 26 nafar avtobus yo`lovchisi halok bo`ldi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.
Voqea 1 iyul kuni kechqurun Tyanszin tumanidagi tezyurar yo`lda sodir bo`ldi. Shenyan-Sintay shaharlaro qatnovchi avtobus 30 ta yo`lovchisi bilan yo`ldan chiqib ketib, baland ko`prikdan suvga qulagan.
Omon qolgan 4 kishiga tibbiy yordam ko`rsatilgan. Taxminlarga ko`ra, halokatga g`ildirakning teshilgani sabab bo`lgan. Avtohalokat yuzasidan tergov ishlari boshlandi.





