Ramazon hayitini nishonlash to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori imzolandi.
Qarorga muvofiq, O`zbekiston musulmonlari idorasining 2016 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 6 iyul chorshanba kuniga to`g`ri kelishi haqida qabul qilgan qarorini e`tiborga olib, 2016 yil 6 iyul dam olish kuni deb e`lon qilindi va bu kun mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlanishi belgilandi.





