Bugun, 1 iyul kuni erta tongda soat 4:30 lar atrofida Toshkent shahri Yunusobod tumani Amir Temur ko`chasida Nexia va Gentra avtomobillari ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Bu haqda Facebook`ning “Voditeli Tashkenta” guruhida fotoxabar qoldirildi.

Ma`lumotlarga ko`ra, Gentra haydovchisi kamida 160 km/soat tezlikda kelib, Nexia avtomobilini urib yuborgan. To`qnashuv oqibatida har ikkala avtomobilga jiddiy zarar etgan.
Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Har ikkala haydovchi sog`-omon ekanligi aytilmoqda.






