Shvesiya terma jamoasi hujumchisi Zlatan Ibrohimovich o`z faoliyatini “Manchester Yunayted”da davom ettirishini ma`lum qildi.
Futbolchi o`zida mavjud bo`lgan barcha ijtimoiy tarmoqlarda quyidagi yozuvlarni yozib qoldirdi.
“Butun duyon bilishi kerak bo`lgan xabarni aytaman. Mening navbatdagi manzilim “Manchester” Yunayted”, – deb yozdi Zlatan “Tvitter”dagi sahifasiga. Shuningdek, u “MYu” suratini ham yunladi.
Eslatib o`tamiz, 34 yoshli futbolchi bundan avval “PSJ” klubida to`p surgan.





