Turkiya OAVlarining xabar berishicha, Istanbul xalqaro aeroportida yuz bergan terakt qurbonlari orasida ikki o`zbekistonlik fuqaro ham bo`lgan, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.
Seshanba kuni kechqurun Istanbul Otaturk aeroportining uch joyida portlash yuz berdi. Uch xudkush terrorchi yo`lovchilarga qarata avtomatdan o`q uzdi, keyin esa portlovchi qurilmalarni ishga tushirdi. So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, terakt oqibatida 40 kishi, shu jumladan 13 nafar chet ellik fuqaro halok bo`ldi, 239 kishi turli darajada tan jarohati oldi. Jarohatlanganlar orasida o`zbekistonlik ayol ham bo`lgan, hozirda u Istanbul kasalxonalaridan birida davolanmoqda.
“Qurbon bo`lganlar orasida O`zbekistonning Namangan viloyatidan bo`lgan 22 yoshli Abrorjon Ustaboev ham bo`lgan”, deb xabar berdi payshanba kuni Turkiyaning Haberturk internet nashri. Ma`lumotlarga ko`ra, Abrorjon Ustaboev aeroportga kelib, taksidan tushgan mahali halok bo`lgan.
Turkiya va O`zbekiston OAVlarda Turkiya adliya vazirligi tomondan taqdim etilgan halok bo`lganlar ro`yxatida yana bir o`zbekistonlik fuqaro Samat Muhiddinovning ham nomi kiritilgan.
Diqqat, diqqat! “Darakchi.uz"ning Telegram’dagi rasmiy kanali hamda botiga a`zo bo`lib, yangiliklardan boxabar bo`ling!





