Mashhur futbol hakami Ravshan Ermatov Huawei kompaniyasining brend-ambasadori bo`ldi, deya xabar beradi UzDaily.uz.
O`zbekistonda yilning to`qqizkara eng yaxshi hakami, Osiyoning beshkarra eng yaxshi hakami, Global Soccer Awards mukofoti sohibi endi O`zbekistondagi Huawei brendini ilgari suradi.
Ta`kidlash joizki, Ermatov Huawei’ning brend-ambasadorlar katta oilasiga qo`shildi, ular orasida Lionel Messi, Robert Levandovski, Xames Rodriges va Aleksis Sanches, kinoaktyorlar Genri Kavill va Skarlet Yoxansonlar ham bor.
Huawei kompaniyasining O`zbekistondagi bosh direktori Van Pen Huawei kompaniyasi butun dunyoda futbol bilan uzviy bog`liq bo`lib, u o`z mahsulot va xizmatlarini dunyo miqyosidagi yulduzlar bilan ilgari suradi.
Ular Ravshan Ermatov O`zbekistonda aynan shunday inson ekanligini ta`kidlashdi. Uning so`zlariga ko`ra, Ermatov Huawei uchun odil futbolning va tanlovning timsoli sanaladi.
Ravshan Ermatov Xitoy kompaniyasi O`zbekistondagi brendni ilgari surish uchun aynan uni tanlashganlaridan mamnun ekanligini bildirgan. Messi, Levandovski va Sanches kabi yulduzlar bilan brend elchisi bo`lish men uchun ham sharaf.





