Qoraqalpog`iston Respublikasi Nukus shahar ichki ishlar bo`limiga shu shaharda yashovchi 62 yoshli ayol murojaat qilib, noma`lum shaxs A. Dosnazarov ko`chasida uning qo`lidan "Nokia" rusumli qo`l telefoni tortib olib voqea joyidan yashiringanligini ma`lum qilgan, deb xabar beradi O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati.
Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida, ushbu talonchilik jinoyatini shu shaharda yashovchi 21 yoshli fuqaro sodir etganligi fosh etilib, qo`lga olindi. Mazkur holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.





