Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo`g`on bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.
Nashrning ma`lum qilishicha, Putin va Erdo`g`onning suhbati “o`ta samarali va ijobiy” bo`lgan.
Ma`lumotlarga ko`ra, ikki davlat rahbarining suhbati 40 daqiqa davom etgan. Suhbat natijalari haqidagi rasmiy ma`lumotlar birozdan so`ng taqdim etiladi.
Putin va Erdo`g`onning muloqoti boshlangani haqida avvalroq Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma`lum qilgan edi.





