Bugun erta tongdan aktrisa va modeler Shahzoda Muhammedova otasini xotirladi.
“Bundan 15 yil avval rahmatli adajonim bilan uyimiz arxitekturasini birga chizgandik. O`shanda 10 yosh edim. Adajonim yurist bo`lsalar ham arxitekturani zo`r chizar edilar. Rassomlik otamdan me`ros, nazarimda. Rahmatli adajonim 4 qavatli uyni qurib tugatib, lekin o`zlari bir kun ham, bir soniya ham bu dargohda yashashga ulgurmaganlar. Illohim barcha qilgan rohatini ham birga ko`rsin!”
Ana shunday xotiralar bilan aktrisa “Instagram” sahifasi orqali armonlarini yozib qoldirdi.





