O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rayhon G`anieva ayni paytda Turkiyada hordiq chiqarmoqda.

Xonanda dam olishga farzandalari Islom va Imronni ham olib ketgan. Rayhon Instagram orqali muxlislariga dam olish qay tarzda o`tayotgani haqida ma`lumot berib bormoqda.

Xonanda suratlarining har biriga alohida falsafiy ma`nodagi izohlar qoldirmoqda. Ulardan biriga Rayhon “Hech qachon o`zingizni o`tmishingiz uchun koyimang, siz shunchaki baxtli bo`lishga uringansiz”, deya fikrlarini yozib qoldirdi. Xonandaning muxlislari bu fikrlarning to`g`ri ekanligini ta`kidlab, inson hamisha oldinga qarab intilishi kerakligini yozib qoldirgan.






