Fransiyaning “PSJ” klubi Unai Emerini bosh murabbiy sifatida tayinlaganini rasman ma`lum qildi. 44 yoshli murabbiy Loran Blan o`rnini egalladi.
Parijliklar Emeri bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Ushbu muddat yana bir yilga uzaytirilishi mumkin. Tajribali mutaxassis “Sevilya” boshqaruvida ketma-ket uch marta Evropa ligasida g`oliblikka erishgan.
Aynan shu sababli ham parijliklar Emerining tajribasiga tayangan holda Evropa Chempionlar ligasida g`olib chiqmoqchi.





