Barchaga o`zining vazmin taronalari bilan mashhur bo`lgan xonanda Ahmadjon Tojiboev ijodida yangilikka qo`l urdi. U o`zgacha talqinda, “Oq patinka” deb nomlangan sho`x qo`shiq kuyladi.
Antiqa yo`nalishdagi “Oq patinka” taronasi uchun Ahmadjon Tojiboev videoklip ham tasvirga oldirishni rejalashtirgan. Xonandaning biroz noodatiy hisoblangan taronasining she`r va musiqa muallifi bastakor Ilhom Mamatov. Muxlislarning bahosini kutamiz.







