AQShga Qirg`izistondan kelgan Google kompaniyasining Kaliforniya ofisida ishlovchi Tilek Mamutov milliy o`tov qurdi va uning suratini Facebook dagi sahifasiga joylashtirdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.
“Google” ofisida o`tov qurishimga yordam bergan hamkasblarim Emili va Richardga minnatdorchilik bildiraman. Hozirda biz o`tovdan uchrashuvlar o`tkazish uchun foydalanmoqdamiz”, deb izoh qoldirgan Tilek Mamutov.
Ijtimoiy tarmoqdagi ma`lumotlarga ko`ra, Tilek Mamutov 2007 yildan beri kompaniyada menejer lavozimida ishlab kelgan.





