Aktrisa va boshlovchi Rayhon Ulasenova yana bir bor onalik baxtiga sazovor bo`ldi.
Aktrisaning oilasida qizaloq dunyoga keldi. Bu haqda uning singlisi Oyhon Iforzoda 26 iyun kuni o`zining “Instagram”dagi sahifasida xabar qoldirdi.
“Ollohga shukr! Bergani rost bo`lsin! Uch karra xolajon bo`ldim! Qiz!!!”
Fursatdan foydalanib Darakchi.uz jamoasi nomidan Rayhon Ulasenovani ushbu baxtli hodisa bilan muborakbod etamiz!





