Oilaviy munosabatlarda mojaro kelib chiqqanda uning ishtirokchilariga bu muammo o`ziga xos, noyob masaladek bo`lib tuyuladi. Biroq oilaviy munosabatlarni tahlil qilib chiqqan terapevtlarning tajribasi buning aksidan dalolat beradi.
Qoida bo`yicha munosabatlardagi inqiroz oiladagi juftlik quyidagi ettita ssenariyning birida «rol ijro eta» boshlagandan so`ng yuzaga keladi. Bunda mojaroga aynan nima sabab bo`lganligi va ularning qanchadan buyon birga yashayotganligi ko`p ham ahamiyatga ega bo`lmaydi.
Quyida o`zaro munosabatlarni barpo etishdagi ana shunday yanglish yo`llarni keltirib o`tamiz:
Qoida bo`yicha munosabatlardagi inqiroz oiladagi juftlik quyidagi ettita ssenariyning birida «rol ijro eta» boshlagandan so`ng yuzaga keladi. Bunda mojaroga aynan nima sabab bo`lganligi va ularning qanchadan buyon birga yashayotganligi ko`p ham ahamiyatga ega bo`lmaydi.
Quyida o`zaro munosabatlarni barpo etishdagi ana shunday yanglish yo`llarni keltirib o`tamiz:
1. «Sen mening hayotimsan»
Oilaviy juftlikning har biri ikkinchisi uchun uning butun dunyosiga aylansa, munosabatlar mustahkam va barqaror bo`ladigandek tuyuladi. Aslida esa erkak va ayol bir-biriga juda bog`lanib qolgan juftliklar munosabatida inqiroz tezroq yuzaga keladi.
Ular bir-biri uchun ham suyukli yor, ham do`st, ham ota-onaning o`rnini bosishga harakat qiladi. Bunday hayot tarzida begona insonlar va hodisalar uchun joy bo`lmaydi. Biroq bunday vaziyat bir umr davom etmaydi. Farzand tug`ilishi yoki yangi ish kabilar ulardan birining e`tiborini o`ziga torta boshlaydi. Har qanday yopiq hududda vaqt o`tishi bilan «havo etishmay» boshlaydi. Ana shunda inqiroz yuzaga keladi.
2. «Men xohlagandek inson bo`l»
Ikkinchi eng ko`p tarqalgan muammo bu o`z juftining boshqa, alohida shaxs ekanligi, uning dunyoqarashi va o`y-xayollari o`ziga xos bo`lishini anglab etmaslikdir. Aslida undagi asabga tegadigan «kamchiliklar» ko`pincha o`zimizning kamchiliklarimiz bo`lib chiqadi. Biz boshqa insonni o`zimizning hayotiy qarashlarimiz bo`yicha baholab, o`zimizdagi yoqmaydigan jihatlarni unga nisbat beramiz. Yillar davomida bir-birini qayta tarbiyalashga urinadigan munosabatlarni baxtli turmush tarzi deb atab bo`lmaydi, albatta.
3. «Biz bir-birimizni so`zsiz tushunamiz»
Sevishganlarning ko`pchiligiga ular bir-birini «yarim qarashdan» tushunadigandek bo`lib tuyuladi. Shuning uchun ular muloqot qilish va o`zaro suhbatdan hech qanday naf ko`rmaydi. Biroq vaqt o`tishi bilan yonma-yon yashayotganligiga qaramasdan, bir-birini yaxshi bilmasligi aniq bo`ladi.
4. «Men seni qutqaraman»
Bunday munosabatlar endi boshlangan paytda juda mustahkamdek bo`lib ko`rinadi. Er-xotin sevgan insoni uchun o`zidagi har qanday muammoni hal eta oladigan, masalan, ichishni tashlash yoki ishda omadliroq bo`lishga erisha oladigandek bo`ladi. Bunda ulardan biri «qutqaruvchi» rolini o`z zimmasiga oladi.
Bunday munosabatlar ikki xil natija bilan tugashi mumkin:
– «Qutqarilgan» inson unga xalaqit berib kelgan barcha ortiqcha narsalardan qutulgandan so`ng, hayotining uncha yaxshi bo`lmagan davriga guvoh bo`lgan insondan qutulishga harakat qiladi. Qolaversa, uning yordami ham boshqa kerak bo`lmay qoladi;
– «Qutqarilayotgan» inson o`zgarmaydi va «qutqaruvchi» buning uchun o`zini aybdor his eta boshlaydi. Oxir-oqibatda munosabatlarda inqiroz yuzaga keladi.
5. «Bugungi kun bilan yasha»
Xatoliklardan yana biri kelajak uchun birgalikda rejalar tuza olmaslik yoki buni istamaslikdir. Biroz vaqt o`tgach esa bunday juftlikning umumiy maqsadlari yo`qligi va birgalikda qayoqqa qarab harakat qilishni bilmasligi ayon bo`ladi.
Shunda er-xotin birga yashayotganligiga qaramasdan, alohida rejalar tuza boshlaydi va unda ikkinchisi uchun joy bo`lmaydi.
6. «Hammasi o`z-o`zidan iziga tushib ketadi»
Ko`pchilik romantik kayfiyatdagi yoshlar «sevgi hamma to`siqlarni engishi»ga ishonadi. Munosabatlarni rivojlantirish uchun biror bir harakat qilishni ortiqcha deb biladi. Bunday sodda qarash esa real qiyinchiliklar yuzaga kelganda, muammolarning o`z-o`zidan hal bo`lishini kutishga olib keladi. Biroq odatda bunday bo`lmaydi.
7. «Singan piyolani tuzatib bo`lmaydi»
Oxirgi eng jiddiy xatolardan biri bu o`rtada jiddiy mojarolar yuzaga kelsa yoki bir-biriga bo`lgan qiziqish yo`qolsa, buni o`zgartirib bo`lmasligiga ishonishdir.
Muammolarning nimada ekanligini tahlil qilish va ularni hal qilish orqali munosabatlarni saqlab qolish mumkin. Eng asosiysi, har qanday inqirozni va har qanday xatoni, agar juftlik bunga tayyor bo`lsa, engib o`tish mumkin.
Manba: Ayol.uz





