Quyidagi belgilar orqali ro`parangizdagi insonning aqllilik darajasini qiynalmay, aniqlab olishingiz mumkin, deydi “Interesno.cc” nashri.
Aqllilikning 10 belgisi:
• Ko`p ishni bajarsa-da, kamgap bo`ladi. Buning asosiy sababi, boshqalarni tinglash orqali bilim doirasi kengayishiga ishonadi.
• Boshqalardan ko`ra ko`proq bilishadi. O`zining ustida tinimsiz ishlaydi.
• Ishni, uyni va shaxsiy qiziqishlarini ustalik bilan boshqaradi. Ular o`rtasidagi muvozanatni doimo ushlab turadi, barcha ishlarini 100 % ga bajaradi.
• Dolzarb axborotlarni tinglab boradi. Ijtimoiy tarmoq orqali mashhur saytlarni kuzatib boradi, dunyo yangiliklaridan xabardor bo`lishga intiladi.
• Ishi chappasiga ketsa-da, labidan tabassum arimaydi. Yuzaga kelgan qiyin vaziyatdan vahimaga tushmaydi, balki og`ir-bosiqlik bilan undan chiqib ketish yo`llarini qidiradi.
• Xonadagi eng aqlli odam ekanligini bilsa-da, buni isbotlash uchun vaqt sarflamaydi. Buning o`rniga xonadoshlaridan birortasining bilim olishiga yordam beradi, bilgan narsalarini o`rgatadi.
• Agar rahbar bo`lsa, qo`l ostidagi xodimlarning bilimini oshirishga harakat qiladi, kollektivini mashhur qilishga intiladi. U xodimlariga nisbatan zug`um o`tkazmaydi, aksincha ularning boshqalardan ko`ra bilimli ekanligini namoyish qilishiga ko`maklashadi.
• O`zi ega bo`lgan yashirin mahoratini kerak bo`lmasa oshkor qilmaydi. O`zining boshqalardan ortiq bo`lgan jihatini ko`z-ko`z qilmaydi.
• Oliy ma`lumotga egaligini sir tutadi. U bilan qanchalik yaxshi tanish bo`lmang, rezyumesini ko`rmaguncha hech qachon qaerda o`qiganligini bilmaysiz.
• U sizni har qanday vaziyatda ham axmoqqa chiqarmaydi. Tajribasidan kelib chiqib, kimnidir axmoqqa chiqarishning o`zi bema`nilik ekanligini yaxshi anglaydi.
• Siz aqlli inson qanday fazilatlarga ega bo`lishini bilib oldingiz. Bunday xususiyatga ega bo`lish uchun Stiv Jobsning quyidagi fikriga qo`shiling:
“Atrofimizni o`rab turgan narsalarni yaratgan odamlarning hammasi ham bizdan ko`ra aqlli emas. Har bir inson buyumlarni o`zgartirish, ularga ta`sir qilish va yangisini yaratish qudratiga egadir”.





